Koronavirusdan saqlanish borasida ruhshunoslar nima deydi?

Koronavirusdan saqlanish borasida ruhshunoslar nima deydi?

1. Koronavirus haqidagi xabarlardan o‘zingizni chetga oling! Chunki bu borada siz bilishingiz kerak bo‘lgan narsalarning barchasini bilib bo‘ldingiz.

2. Bu virus sababli vafot etganlar soni haqidagi xabarlarga qiziqavermang! Chunki bu futbol o‘yinimaski, uning natijasiga qiziqsangiz! Shunday ekan, bundan saqlaning!

3. Internetdan bu borada qo‘shimcha ma’lumotlar izlamang! Chunki bu narsa ko‘nglingizni cho‘ktirib qo‘yadi.

4. Qo‘rqinchli va achinarli xabarlarni o‘zgalarga yuborishdan saqlaning! Chunki odamlar orasida bunday xabarlarni yuragi ko‘tarolmaydiganlari ham bor. Siz ularga yordam berish o‘rniga, aksincha, ularning boshqa kasalliklarini ham qo‘zg‘atib yuborib, ularni tushkunlikka tushirib qo‘yasiz.

5. Uyingizda Qur’on o‘qib yoki eshitib o‘tiring hamda tonggi va kechki zikrlar bilan o‘zingizni himoya qiling!

6. Bolalar uchun ko‘ngilochar turli o‘yinlarni o‘ylab toping! (Masalan: “Kim biladi?” o‘yinini yoki zehnni charxlovchi matematik mashqlar kabi. …) Ular bilan fikr almashib, ularni tinglang va ularga foydali, maqsadli qissalarni hikoya qilib bering!

7. Uyingizda shifokorlarning tavsiyasiga qat’iy rioya qilib, qo‘llaringizni doimiy ravishda yuvib turing. Zarurat holatidan boshqa vaqtlarda uyingizdan chiqmang!

8. Ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lishingiz sizga immunitet tizimini kuchaytirishga yordam bersa, kayfiyatingizning tushishi esa immunitet tizimini zaiflashtirib, viruslarga qarshi kurasholmaydigan qilib qo‘yadi.

9. Karantin vaqtini dunyo va oxiratingizga foydali bo‘lgan narsalar uchun g‘animat biling. (Misol uchun: Qur’on o‘qish, zikrlar, tahajjud namozi, kitob mutolaasi, farzandlaringizning darslarini tekshirish, ahli-ayolingizga yordam berish kabi muhim ishlarni qilish…

10. Hammasidan ham muhimi – Alloh taolo ushbu vaboni, albatta, ketkazishiga va hayot yana iziga tushib ketishiga qat’iy ishonchda bo‘lishingizdir.

Buyuk Alloh taolodan ushbu g‘amni bu ummatdan ketkazishini so‘raymiz va yomonliklardan panoh tilaymiz. Ushbu kasallikka chalinganlarga tezda shifo berishini, shuningdek, bu kasallik sababli vafot etgan musulmonlarni rahmatiga olishini so‘raymiz!

Arab tilidan Qudratulloh Sidiqmetov tarjimasi

mehrob.uz

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!