Koronavirus: Yaponiya har bir fuqarosiga 930 dollardan to‘laydi

Koronavirus: Yaponiya har bir fuqarosiga 930 dollardan to‘laydi

Yaponiya hukumati mamlakatning har bir fuqarosiga 100 ming iyena (taxminan 930 AQSh dollari) miqdorida nafaqa to‘lay boshladi. Bu haqda seshanba kuni ma’muriy ishlar va kommunikasiyalar bo‘yicha vazir Sanae Takaiti ma’lum qildi.

«Nafaqa pulini to‘lash mamlakatning 1388 ta munisipalitetida boshlandi, bu ularning umumiy miqdoridan 79,7 foizni tashkil etadi», - deya ma’lum qildi u.

Nafaqa to‘lash uchun mablag‘lar aprel oyining oxirida Yaponiyada koronavirus pandemiyasi sharoitida mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy moliyaviy yil uchun (2020 yil 1 apreldan boshlandi) qo‘shimcha 25,6 trln iyena (237 mlrd dollar) miqdorida tasdiqlangan byujetdan olinadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiya hududida koronavirus bilan kasallanganlar soni 17,3 mingdan oshdi, 860dan ortiq kishi vafot etdi. 14 mingdan ortiq odam tuzaldi. 

Mamlakatda favqulodda holat 16 apreldan boshlangan bo‘lib, u 31 maygacha uzaytirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!