Koronavirus va Islom

Koronavirus va Islom

Hozirgi kundagi eng dolzarb muammo koronavirus bo‘lib qoldi. Ba’zilar ushbu kasallik yuqib qolishidan qo‘rquv bilan yashayapti. Yana ba’zilar esa xavotir, g‘ashlik ichida xavfga tushishgan.

Musulmon kimsa bu holatda qanday bo‘lishi kerak?

 عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ عَنْ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ : " لا عَدْوَى وَلا طِيَرَةَ وَلا هَامَةَ وَلا صَفَرَ ".
رواه البخاري

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Advaa yo‘q, tiyara yo‘q, haama yo‘q va safar ham yo‘q", deb aytdilar (Buxoriy).

Sharh: 

Advaa  -  biron bir yuqumli kasallikni yuqib qolishi.

Tiyara  -  biron narsadan shumlanish, irim qilish.

Haama  -  ruhlarni biron hasharotga yoki jonzotga kirishi.

Safar  -  bexosiyat deb shumlaniladigan oy.

Ushbu hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam to‘rt narsalardan qaytarmoqdalar. Biz uning mavzuimizga tegishli qismini sharhlaymiz.

 «Advaa yo‘q».

Ya’ni kasallikning yuqishi yo‘qdir. 

Bu degani mutlaq inkor emasdir. Zotan, yuqumli kasalliklar qandayin tez suratda yuqishi hammaga ma’lum.

Bu yerda eng muhim aqidaviy masala muolaja qilinayaptiki, u ham bo‘lsa kasallikni o‘zida xohlagan kimsasiga yuqish quvvati yo‘q. Alloh taolo taqdir qilsagina boshqaga yuqadi xalos. 

To‘g‘ri, kasalliklarning yuqumlilari bo‘lib, undan saqlanish lozim. Ammo, kasalliklarning o‘zida yuqish hislati bor deya ishonish noto‘g‘ri aqidadir.

Nabiy sollallohu alayhi va olihi vasallam: "Vabo tarqalgan joyga bormanglar va u yerda bo‘lsangiz chiqib ham ketmanglar",  deb aytganlar. 

Ushbu sahih hadisga amalan yuqumli kasal tarqalgan joyga borishdan saqlanish va o‘sha tarqalgan makonda bo‘lsa boshqa joylarga ketib tarqatmaslik lozim ekan. 

Bu aynan karantin degani bo‘ladi!

Ammo, eng muhim narsa esimizdan chiqmasin. Har qandayin kasallik faqat va faqat Alloh taolo iroda qilsagina yuqa oladi. Alloh iroda qilsa umuman koronavirus bo‘lmagan joyda ham shu kasalga uchrab vafot etiladi. Alloh iroda qilmasa bu kasallik tarqagan joy va kasallangan odamlar orasida bo‘lgan kimsa aslo bu kasalga duchor bo‘lmaydi. 

Shunday ekan,  o‘zimizni bosib olaylik. Ortiqcha vahima,  qo‘rquvga aslo hojat yo‘q. Zotan,  Haq kalomida bundayin marhamat qilingan: 

«Har bir jon o‘limni totguvchidir» (Oli Imron surasi, 185-oyat).  

«(Ey, Muhammad!) Ayting: «Agar sizlar o‘lishdan yo o‘ldirilishdan qochsaniz, bu qochish sizlarga sira foyda bermas».  (Ahzob surasi, 16-oyat).

 «Qayerda bo‘lsangiz, hatto mustahkam qal’alar ichida bo‘lsangiz ham, o‘lim sizlarni topib olur» (Niso surasi, 78-oyat).

Demak, Alloh iroda qilgan kun kelmaguncha o‘lim topilmas va o‘limni istalsa ham o‘lish imkoni bo‘lmas ekan, ibodatlarda mahkam bo‘laveraylik. 

Kimni qachon va ne sabab o‘lishi Alloh taqdirida bitib qo‘yilgan va bu o‘zgarmas hukmdir!

Manba: azon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!