Koronavirus: Norvegiyada vaksinasiyadan so‘ng o‘lim darajasi keskin oshdi

A A A
Koronavirus: Norvegiyada vaksinasiyadan so‘ng o‘lim darajasi keskin oshdi

Norvegiyada 23 kishi koronavirusga qarshi vaksinasiyadan o‘tgach, hayotdan ko‘z yumishdi. Bu haqda mamlakat dorivor vositalari agentligi bosh vrachi Sigurd Xortem ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, ayni vaqtda mutaxassislar vaksinadan so‘ng yuz bergan 23ta o‘lim holatlarining 13tasida tadqiqot olib borishmoqda.

Xortemning so‘zlariga ko‘ra, eslanganlarning aksariyati keksa yoshda bo‘lgan.

Sog‘liqlarining zaifligi tufayli ular koronavirusga qarshi vaksinasiyadan so‘ng kuzatiladigan salbiy ta’sirlarni ko‘tara olmagan bo‘lishlari mumkin.

"Vaksina tufayli yuzaga keladigan belgilar, xususan, temperatura va ko‘ngil aynishi, sog‘lig‘i zaif bo‘lgan katta yoshdagi alohida kishilarning o‘limiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin", - deb ta’kidladi Xortem.

Norvegiyada ommaviy vaksinasiya 2020 yilning 27 dekabrida boshlangan. Emlash amerikaning Pfizer preparati yordamida amalga oshirilmoqda. Hafta boshida mamlakatga yana bir amerika vaksinasi - Moderna olib kelindi.

Eslatib o‘tamiz, sal oldin koronavirusga qarshi vaksinalashdan so‘ng o‘lim holati yuz bergani to‘g‘risida Polsha hukumati ham bayonot bergan edi. Ayni vaqtda mamlakatda COVID-19 ga qarshi emlanganlar orasida bitta o‘lim holati va 37taga yaqin salbiy ta’sirlar qayd etilgan.

Aniqlik kiritilishicha, Polshada ham emlash Pfizer va Moderna preparatlari bilan amalga oshirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!