Koronavirus bo‘qoq bezlarini qo‘zg‘atishi mumkinmi?

Koronavirus bo‘qoq bezlarini qo‘zg‘atishi mumkinmi?

Koronavirus yangi, notanish virusligi haqida 9 oydan beri aytib kelinmoqda. Qolaversa shu kungacha koronavirusning oqibatlari, asoratlari to‘liq o‘rganilmagan. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov aytib o‘tdi.

"Aynan kasallikning bo‘qoq bezlariga ta’siri bo‘yicha aniq kuzatuvlar natijasi haqida ma’lumotlar qo‘l ostimizdagi adabiyotlarda paydo bo‘lsa biz uni albatta Sizning e’tiboringizga havola etamiz. 

Shu bilan birga ta’kidlash joizki, soha mutaxassislarning fikricha O‘zbekiston sharoitida COVID-19 bilan kasallangandan keyin bo‘qoq bezi bilan bog‘liq asoratlar juda kam sondagi bemorlarda kuzatilgan", dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!