Konor Makgregordan yengilgan Donald Serrone yarim yil jang qila olmaydi

Konor Makgregordan yengilgan Donald Serrone yarim yil jang qila olmaydi

UFC jangchisi Donald Serrone 6 oy jang qila olmaydi, deb xabar bermoqda MMA Junkie.

Bunga sabab sifatida Serronening Konor Makgregor bilan jang ko‘rsatilmoqda. Donald ushbu jangda juda og‘ir zarbalarni qabul qilib olgan tarzda atigi 40 soniya ichida mag‘lubiyatga uchragandi.

Shundan so‘ng sportchi shifoxonaga olib ketilgandi. Unda burun sinishi yuz bergani taxmin qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, amerikalik sportchi MMA’dagi faoliyati davomida 36 ta jangda g‘alaba qozongan bo‘lsa, 14 ta jangda mag‘lubiyatni qabul qilib olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!