Komil Allamjonov: “ Ana shunda ham, 5-10 kun davomida kasallanganlar statistikasi soni ortib borishi mumkin”

Komil Allamjonov: “ Ana shunda ham, 5-10 kun davomida kasallanganlar statistikasi soni ortib borishi mumkin”

Komil Allamjonov koronavirus bilan  bog‘liq vaziyat haqida: 

"Virus tarqalishidagi zanjirni to‘xtatish uchun barcha uyda qolishi kerak! Yig‘inlar va muloqotni taqiqlash kerak.

Ana shunda ham, 5-10 kun davomida kasallanganlar statistikasi soni ortib borishi mumkin. Ammo ular uyda qolgani uchun juda kamchilikka yuqtira olishadi. Eng yuqori nuqtaga chiqib sekin pasayadi. Ular xuddi ko‘pikdek yig‘ib olinadi, keyin esa karantin zonaga ajratilib, kasallanganlar shifoxonaga joylashtiriladi.

Bo‘m-bo‘sh ko‘chalar va transportlar dezinfeksiya qilinadi, ma’lum muddat o‘tgach u yerdagi bor viruslar ham o‘ladi. Samolyotlar uchmaydi, chegaralar va viloyatlar yopiladi. Shahar bo‘ylab kasallikka chalinganlar yig‘ib chiqiladi. Va shu tariqa shahar tozalanadi.

Buning uchun 1 oy yetishi mumkin. Hukumat barchasini reja asosida to‘g‘ri olib boryapti, deb hisoblayman. Faqat odamlar buni to‘g‘ri tushunishlari kerak. Barcha davlatlar deyarli shunday qilmoqda. Ikkinchi bosqichda tozalangan davlatlar o‘rtasida aviaaloqalar qayta tiklanadi. Va bo‘ldi. Sxema shunaqa mening tushunchamda".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!