Kitlarni o‘ldirishga berilgan ruxsat yana uzaytirildi

Kitlarni o‘ldirishga berilgan ruxsat yana uzaytirildi

Xalqaro hamjamiyatning noroziliklariga qaramay, Islandiya hukumati kitlarni 2023 yilgacha o‘ldirishga ruxsat berdi, deb xabar beradi The Reykjavik Grapevine .

Islandiya Baliqchilik va Qishloq xo‘jaligi vaziri Kristyan Tor Yuliusson faqat finval va kichik kitlarni o‘ldirishlari mumkinligini aytdi.

Uning fikriga ko‘ra, kitlarning ko‘payish jarayoni yaxshi ahvolda va ov ularga hech qanday zarar yetkzamaydi. Aytish kerakki, har yili Islandiyada 209 finval va 217 kichik kitlar o‘ldiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!