Kiyevda AQSh elchixonasi attashesi jasadi topildi

Kiyevda AQSh elchixonasi attashesi jasadi topildi

AQShning Ukrainadagi elchixonasi avvalroq Kiyev Hilton mehmonxonasida jasadi topilgan diplomatning vafot etganini rasman tasdiqladi, deb xabar beradi TASS axborot agentligi.

“Biz Kiyevdagi elchixonada missiya rahbari rahbarligida ishlagan AQSh hukumati xodimining vafot etganini tasdiqlaymiz”, – deyiladi elchixona xabarida.

Maxfiylik nuqtai nazaridan boshqa ma’lumotlar berilmaydi.

25 iyun kuni Ukrainaning “Strana” nashri huquq-tartibot idoralaridagi manbalarga tayanib, mahalliy vaqt bilan soat 11:00 atrofida Kiyevdagi Hilton mehmonxonasida Amerikaning Ukrainadagi elchixonasi attashesi jasadi topilgani haqida xabar berdi. Shu bilan birga, diplomatning jasadida hech qanday zo‘ravonlik alomatlari yo‘q, deya izoh berdi nashr.

Unga ko‘ra, diplomat Ukrainaga 15 iyun kuni yetib kelgan. AQSh elchixonasi tomonidan taqdim etilgan tibbiy ma’lumotlarga ko‘ra, erkakning qonida xolesterin miqdori yuqori bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!