Kiyevda 9 may nishonlanmaydi — Klichko

Kiyevda 9 may nishonlanmaydi — Klichko

Kiyev meri Vitaliy Klichko 8-9 may kunlari shaharda G‘alaba kuniga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilmasligini aytdi.

“8-9 may kunlari harbiy qo‘mondonlik hozircha Kiyev va mintaqada komendantlik soati joriy etishni rejalashtirmayapti. Shaharda bu kunlarda ham biron bir tadbir o‘tkazish rejalashtirilmagan. Chunki, eslatib o‘taman, harbiy holat davrida ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlanadi. Agar kimdir gul qo‘yishga bormoqchi bo‘lsa, u buni yakka tartibda qilishi mumkin”, — deb yozdi Klichko telegramda.

Shu kunlarda ko‘chalarda patrullik qilish, jamoat tartibini muhofaza qilish yanada kuchaytirilishini ta’kidladi.

9-may kuni Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 77 yilligi nishonlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!