Kecha Zangiotadagi shifoxonada elektr tarmog‘ida uzulish bo‘lgani uchun ko‘plab bemorlar vafot etganmidi?

Kecha Zangiotadagi shifoxonada elektr tarmog‘ida uzulish bo‘lgani uchun ko‘plab bemorlar vafot etganmidi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatidagi Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida elektr ta’minoti uzilib qolgani haqida ma’lumotlar tarqaldi. Jurnalist Xurshid Daliyevning Twitter sahifasidagi postida “COVID-19” markazida ahvol yomonlashib, kislorod konsentratoriga ulangan bemorlarning ko‘pchiligi vafot etgani aytilgan. 

Ushbu xabar yuzasidan shuni ma’lum qilamizki,  shu yilning 6 iyulidan bemorlarni qabul qila boshlagan Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi yangi va zamonaviy talablarga moslab qurilgan. Kecha Zangiotadagi shifoxonada elektr energiyasi uzilmagan. 

Kasalxonada birorta ham o‘lim qayd etilmagan. Shifoxonada elektr uzluksizligini ta’minlash maqsadida 3 ta dizel generatori o‘rnatilgan. Barcha shifokorlar koronavirus bilan kurashga jalb qilingan bir vaqtda bunday bo‘lishi aqlga sig‘maydi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!