Kecha 1-klinik kasalliklar shifoxonasida 8, ToshMIda esa 20 nafar bemor vafot etgani rostmi?

Kecha 1-klinik kasalliklar shifoxonasida 8, ToshMIda esa 20 nafar bemor vafot etgani rostmi?

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Habibulla Oqilov AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda muhim savollarga javob berdi.

Xususan "Bizga yetib kelgan xabarlarga ko‘ra, kecha 1-klinik kasalliklar shifoxonasiga 20 ta kasal olib kelingan hamda ularning 8 tasi vafot etgan. Shuningdek, ToshMIda ham 20 ta bemor vafot etgan, ammo koronavirusdan ekani hali tasdiqlanmagan ekan. Shunday o‘limlar haqiqatda bor ekanini tasdiqlay olasizmi?", degan savol berildi. Oqilov bu savolga quyidagicha javob qaytardi:

"Holatlar bor. Ammo Sog‘liqni saqlash vazirligi ham, maxsus komissiya ham statistika borasida hech qanday yashirish tarafdori emas. Biz kasallanish holatlari va o‘lim holatlari sonini ham kamaytirishdan manfaatdor emasmiz. Bu o‘lim holatlari bor. Ularning orasida koronavirusdan zararlanish tufayli yuzaga kelgan o‘limlar ham bor. Shuningdek, ular orasida analiz olinmagan hamda tasdiqlanmagan o‘lim holatlari bor bo‘lib, biz ularning o‘limiga o‘zlarining surunkali kasalliklari yoki surunkali kasallik fonidagi koronavirus sabab bo‘lgan deb ayta olmaymiz".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!