BMT: G‘azo sektorida har kuni 37 bola onalarini yo‘qotadi

BMT: G‘azo sektorida har kuni 37 bola onalarini yo‘qotadi

G‘azo sektorida har kuni 37 bola onalaridan ayriladi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam va ish bilan shug‘ullanuvchi agentligining (UNRWA) ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan xabarida aytiladi.
«G‘azodagi mojaro ayollarga qarshi urush bo‘lishda davom etmoqda. 10 mingdan ortiq ayol halok bo‘ldi, yana 19 ming kishi jarohat oldi», — deyiladi xabarda.

Tashkilotning ta’kidlashicha, «har kuni 37 bola onasini yo‘qotadi».

«Vaziyatlar dahshatli: 150 000 dan ortiq homilador va emizikli onalarning suv va gigiyena vositalaridan foydalanishlari cheklangan», dedi UNRWA.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!