Kattaqo‘rg‘onda 150 dan ziyod oila ajralish arafasida, buni arzirli sababi bormi?!

Kattaqo‘rg‘onda 150 dan ziyod oila ajralish arafasida, buni arzirli sababi bormi?!

Kattaqo‘rg‘on tumanida oilaviy ajrimlar 2018 yilda 24 taga kamaygan. Ammo ayni paytda 150 dan ziyod oila ajralish arafasida. Ushbu oilalarda ajralishlarga arzirli sabablar bormi? Shar’iy nikoh bilan yashayotgan oilalar sonini kamaytirish uchun nimalarga e’tibor qaratish kerak? Ajrashgach, farzandini boqish va uy-joy masalasini hal qilish nega ayol kishiga qolib ketmoqda?

Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari G.Parpiyeva va M.Rabiyeva hamda fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudi raisi M.Tojiboyev ishtirokida o‘tkazilgan seminarda shu haqda so‘z bordi. Tuman faollari, mahallalardagi xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislarga ajrimlarning oldini olish borasida huquqiy maslahatlar berildi.

- O‘tgan yili oilalardagi vaziyat o‘rganilganda 63 oila shar’iy nikoh bilan yashayotganligi aniqlandi, - deydi Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi L.Ubaydullayeva. Ularni qonuniy nikohdan o‘tkazish bo‘yicha ish olib borilayotir. Ajralishga ariza bergan oilalarning 60 tasiga yarashishlari uchun muhlat berildi. Bu muddat davomida mutaxassislar, nuroniy onaxonlar ular bilan ishlayapti.

Seminar davomida Mo‘minxo‘ja va Jongil mahallalarida yashovchi, ajrashishga ahd qilgan ikki oila yarashtirildi. Endilikda ajrashishga harakat qilgan erkak kishiga qat’iy choralar belgilanishi, ya’ni aliment to‘lovi bilan zarur bo‘lganda farzandining boshqa ehtiyojlariga ham mablag‘ topib berishi, oilasini joy bilan ta’minlashi lozimligi kabi masalaning huquqiy jihatlari bo‘yicha tushuncha berildi.

Manba: zarnews.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!