“Kaptiva”da 9 yoshli o‘g‘li bilan uyidan chiqib ketgan ayol qidirilmoqda

“Kaptiva”da 9 yoshli o‘g‘li bilan uyidan chiqib ketgan ayol qidirilmoqda

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida shu yil 17 oktyabr kuni Orombaxsh ko‘chasida yashovchi Xurshid Abdullayev IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu yil 16 oktyabr kuni birga yashovchi turmush o‘rtog‘i 31 yoshli Dilnoza Abdullayeva boshqaruvidagi davlat raqami 01 D 220 ZA bo‘lgan “Kaptiva” rusumli avtomashinasida o‘g‘li 9 yoshli Xumoyun Abdullayev bilan birga uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganliklarini ma’lum qilgan. Hozirda ularni qidirib topish choralari ko‘rilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Hurmatli fuqarolar, orangizda kimda-kim ushbu shaxslar va avtomashina haqida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga murojaat qilishingizni yoki “102” telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishingizni so‘raymiz.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!