Kaltaklanish holatini sahnalashtirgan “Samosudchi”lar qilmishi muhokama qilindi

Kaltaklanish holatini sahnalashtirgan “Samosudchi”lar qilmishi muhokama qilindi

2020 yil 3 yanvar kuni Shahrixon tumanida yashovchi O.S., K.K. va I.N.lar yashash xonadonni ta’mirlashayotgan vaqtlarida O.S.ning kiyimlariga qurilishda foydalanib kelayotgan “qizil” rang beruvchi (koller) to‘kilib ketganligi sababli O.S.ning taklifiga ko‘ra sun’iy ravishda kaltaklanayotgan shaxsning holatini vujudga keltirib, videotasvirga olib, telegramm ijtimoiy tarmog‘i orqali internetda tarqatib yuborishgani haqida avval xabar bergandik.

Shahrixon tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida sun’iy ravishda kaltaklanayotgan shaxsning holatini vujudga keltirib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan O.S., K.K. va I.N.lar aniqlanib ushlangan.

Shahrixon qishloq xo‘jaligi kasb-xunar kollejida Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik YA.A.Abdulxakov raisligida O.S., K.K. va I.N.larning qilmishlari keng jamoatchilik ishtirokida, ularning ota-onalari bilan birgalikda tanqidiy muhokama qilindi.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!