Jurnalistga tuhmat qilgan Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati rahbariga jazo tayinlandi

Jurnalistga tuhmat qilgan Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati rahbariga jazo tayinlandi

Bundan bir necha kun avval Human.uz axborot portali muassisi hisoblangan “Human Media” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, jurnalist va bloger Xurshid Daliyevning shikoyatiga asosan Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati rahbari Gulshanoy Qo‘chqarovaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 40-moddasi (tuhmat) bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgani haqida ma’lum qilgan edik.

Bugun, 8 yanvar kuni Andijon shahar ma’muriy sudida mazkur ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish ko‘rib chiqildi.

Sud qaroriga ko‘ra, Gulshanoy Qo‘chqarova O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 40-moddasi (tuhmat) va 41-moddasi (haqorat qilish)da nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 5 million 575 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Xabaringiz bor, Gulshanoy Qo‘chqarova Andijon shahar hokimligining telegram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali X.Daliyevni ochiqdan-ochiq haqorat qilib, unga nisbatan tuhmatdan iborat so‘zlarni ishlatgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!