Jonson Londonning Kiyevga 10 ta o‘ziyurar artilleriya moslamalarini topshirish niyatida ekanligini ma’lum qildi

Jonson Londonning Kiyevga 10 ta o‘ziyurar artilleriya moslamalarini topshirish niyatida ekanligini ma’lum qildi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning idorasi xabar berishicha, Britaniya bosh vaziri Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida yaqin kelajakda Kiyevga o‘nta o‘ziyurar artilleriya moslamasini, shuningdek, o‘q-dorilarni yetkazib berishni va’da qilgan.

“Bosh vazir unga Britaniya harbiy texnikasi, jumladan, yaqin kunlar va haftalarda mamlakatga kirib keladigan o‘nta o‘ziyurar artilleriya tizimi va o‘q-dorilar haqidagi so‘nggi ma’lumotlarni taqdim etdi”, — deyiladi TASS xabarida.

Avvalroq OAV Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaneze Ukrainaga harbiy yordam sifatida 14 ta bronetransportyor va 20 ta Bushmaster zirhli texnikasini berishga va’da bergani haqida xabar bergan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!