Jizzaxda kollej o‘qituvchisiga nisbatan sud hukmi o‘qildi

Jizzaxda kollej o‘qituvchisiga nisbatan sud hukmi o‘qildi

S.Sabirov (ismi sharifi o‘zgartirilgan) Forish qishloq xo‘jalik kasb-xunar kollejida o‘qituvchi vazifasida ishlab kelib, moddiy daromad orttirish maqsadida, 2013 yil yoz oyida kollej hududida M.Muradova bilan uchrashib, kollejda o‘qib, akademik ta’til olgan o‘g‘li S.Muradovni o‘qishini tiklab, diplom va haydovchilik guvohnomasi olib berishini va’da qilib, aldab, uning ishonchiga kirib, 130.000 so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Bundan tashqari, S.Sabirov 2016 yil o‘quv yilidan 2019 yil yanvar oyi davomida kollejning o‘quvchi talabalaridan “V,S” toifadagi “haydovchilik guvohnomasini olish uchun viloyat IIB YXXBdan ro‘yxatdan o‘tkazish uchun”-deb pul yig‘ishni aytib, aslida ro‘yxatdan o‘tkazishga to‘lov qilinmasada, guruh rahbarlari orqali bir nechta o‘quvchi talabalardan pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Shunday qilib, S.Sabirov o‘zining yuqoridagi hatti-harakatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b,v” bandlarida ko‘rsatilgan jinoyatni qasddan sodir etgan.

Bundan tashqari, S.Sabirov maxsus foydalanish rejimiga ega bo‘lgan “Guvohnoma” blankalarini ulardan foydalanish imkonini bermaydigan darajada g‘arazgo‘ylik va boshqa past niyatlarda 2020 yil mart oyida uyiga olib borib yashirgani natijasida, 191 nafar talabalarni imtixonlarda qatnashish imkoniyatidan mahrum qilgan.

Sud majlisida S.Sabirov aybiga iqrorlik bildirmagan bo‘lsada, uning aybi jabrlanuvchilar, guvohlar va fuqaroviy da’vogarning ko‘rsatuvlari, jabrlanuvchilarning arizalari hamda sudda tekshirilgan boshqa dalillar bilan isbotlandi.

Mazkur jinoyat ishi apellyasiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, S.Sabirovga O‘zbekiston Respublikasi JK 168-moddasi 3-qismining “b,v” bandlari, JK 227-moddasining 1-qismi bilan JKning 59, 62-moddalari tartibida 1 yil muddatga moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda ish haqining yigirma foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil 27 kun muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Dilshod Eshmatov,
Jizzax viloyat sudining sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!