Jizzaxda kilogrami 8 ming yevro turadigan za’faron plantasiyalari barpo etiladi

Jizzaxda kilogrami 8 ming yevro turadigan za’faron plantasiyalari barpo etiladi

Jizzax viloyatining Baxmal tumanida Italiyaning OPERA SRL shirkati za’faron plantasiyalarini yaratmoqchi. Bu haqda shirkat prezidenti Paolo de Anjelis O‘zbekistan savdo-sanoat palatasi raisi A. Ikramov bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Italiyalik tadbirkor taqdim etgan loyihaning dastlabki qiymati 20 million dollarni tashkil etib, u 400 gektar yerda za’faron o‘simligini yetishtirishga mo‘ljallangan.

Za’faron gulsafsarlar turkumining Crocus navi Crocus sativus L turi takribiga kiradi.

Dunyo bo‘ylab Crocus‘ning deyarli 85 turi tarqalgan, lekin Crocus sativus L Hindiston, Gresiya, Ispaniya, Italiya, Afg‘oniston, Ozarbayjon va O‘zbekistonda, shuningdek 90 foizi Eronda yetishtiriladi. 

Za’faron bugungi kunda farmasevtika va parfyumeriya sohalarida haridorgir. 1 kilogramm za’faronning xalqaro bozorda narxi 8 mingdan 30 ming yevrogacha turadi. Albatta sifatidan kelib chiqib, deb xabar beradi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.

Manba: sof. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!