Jizzaxda falokat: ota-bola jonlantirish bo‘limida

Jizzaxda falokat: ota-bola jonlantirish bo‘limida

Jizzax shahrining Qassoblik mahallasi hududida Zarbdor tumani Oybek nomidagi mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi A.SH. boshqaruvidagi “Damas” velosipedda yo‘lni kesib o‘tayotgan ota-bolani urib yubordi.

Oqibatda Sharof Rashidov tumani “Xovostlik” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan H.Q. pastki jag‘ va o‘ng o‘mrov suyagining yopiq sinishi, bir necha qovurg‘alarining yopiq sinishi, shuningdek uning o‘g‘li H.O. o‘ng son suyagining o‘rta uchligidan yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!