Jazirama issiq kunlarda O‘zbekiston aholisi nimaga e’tibor berishi kerak

Jazirama issiq kunlarda O‘zbekiston aholisi nimaga e’tibor berishi kerak

Yoz oyining issiq havosi inson hayoti va sog‘lig‘iga bevosita xavf tug‘dirmaydi. Ammo o‘zingizni issiqning ba’zi salbiy ta’sirlaridan, ayniqsa, eng issiq kunlardan himoya qilishingiz kerak. Qadim zamonlardan boshlab O‘zbekiston aholisi haddan tashqari issiq bo‘lganda o‘zini tutish madaniyatini shakllantirgan. Biz sizlarga ba’zi bir asosiy qoidalar haqida eslatib o‘tamiz.

Uzoq vaqt davomida, ayniqsa kun o‘rtasida quyosh ostida bo‘lmaslikka harakat qiling. Agar buning ilojisi bo‘lmasa, tanangiz va boshingizni quyosh nurlaridan himoya qilishga harakat qiling.

Sovutgichdagi muzli ichimliklar emas, balki ko‘p miqdorda iliq suv yoki eng yaxshisi ko‘k choy iching.

Namlikni o‘z ichiga olgan meva, sabzavot mahsulotlarni ko‘plab iste’mol qiling. Juda achchiq va yog‘li ovqatlardan saqlaning. Sovutish moslamalari bilan jihozlangan do‘konlardan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olmang, chunki bu mahsulotlar qancha vaqt quyoshda bo‘lganini bilmaysiz.

Kondisionerli xonada bo‘lganingizda, sovuq havoning to‘g‘ridan-to‘g‘ri oqimi ostida o‘tirishdan saqlaning va kondisionerni 18 darajadan pastroqga dasturlashtirmang.

Yurak-qon tomir kasalliklari bor insonlar dori-darmonlarni qabul qilish bo‘yicha shifokor bilan maslahatlashishlari lozim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!