Janubiy Afrikadagi tarixiy masjidda yong‘in sodir bo‘ldi

Janubiy Afrikadagi tarixiy masjidda yong‘in sodir bo‘ldi

 Dushanba kuni janubiy yarim sharning eng yirik masjidlaridan biridagi yong‘in sababi darhol ma’lum emas edi.

Ammo Janubiy Afrika musulmonlar tarmog‘ining raisi Faysal Sulaymonning so‘zlariga ko‘ra, bu masjid tepasida joylashgan yetti xonadonlardan birida boshlangan va elektr ta’minotining buzilishi sabab bo‘lgan.

"Bu baxtsiz voqea, deb taxmin qilinmoqda", degan Sulaymon AFP agentligiga.

Qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.

"Tvitter"da joylashtirilgan videoda janubi-sharqiy port shahrining markaziy qismida joylashgan ikki qavatli binoning yuqori qavatida alanga ko‘tarilgan paytda odamlar to‘plangani aks etgan.

Bir necha kishi 7000 namozxon ibodat qilishi mumkin bo‘lgan tarixiy inshootda yuz bergan yong‘indan ijtimoiy tarmoqlarda qayg‘u izhor qilgan.

O‘t o‘chiruvchilar taxminan ikki soat ichida yong‘inni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lishdi.

Favqulodda xizmatlar vakili Robert Makkenzining AFPga aytishicha, yong‘in uchta qo‘shni binoga ham zarar yetkazgan.

Masjid Markaziy Durbanning diqqatga sazovor joyi va odamlar ko‘p keladigan namozxona hisoblanadi.

Bu masjidga ko‘plab taniqli shaxslar, jumladan, aparteidga qarshi kurashchi Nelson Mandela, Buyuk Britaniyalik qo‘shiqchi Yusuf Islom va mashhur bokschi Muhammad Ali kabi insonlar tashrif buyurgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!