Jahonning eng kuchli "Android"-smartfonlari nomi e’lon qilindi

Jahonning eng kuchli "Android"-smartfonlari nomi e’lon qilindi

Mashhur "AnTuTu" benchmarki jamoasi "Android" operasion tizimida ishlaydigan eng kuchli smartfonlarning oktyabr oyi reytingini e’lon qildi.

Sentyabr bilan taqqoslaganda, reytingda sezilarli o‘zgarishlar bor. Sentyabrda eng kuchli o‘ntalik "Qualcomm Snapdragon 845" prosessori o‘rnatilgan smartfonlar bilan band qilingan edi.

Oktyabr reytingida esa dastlabki uch o‘rin "Huawei"ning 7 nanometrli "Kirin 980" prosessorida ishlaydigan "Mate 20" seriyasidagi flagman smartfonlariga nasib etgan.

"Huawei Mate 20" smartfoni 311840 ball bilan birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, "Mate 20 Pro" smartfoni 307 693 ball bilan ikkinchi, "Mate 20 X" esa 303112 ball bilan uchinchi bo‘ldi.

To‘rtinchi o‘rin yana bir yangi qurilma – o‘yin o‘ynash uchun mo‘ljallangan "Xiaomi Black Shark Helo"ga nasib etdi (301 757 ball). Original "Xiaomi Black Shark" esa 293544 ball bilan beshinchi bo‘ldi.

Undan keyingi o‘rinlarda "Meizu 16th" (293544 ball), "OnePlus 6" (292371 ball), "Asus ROG Phone" (291701 ball), "Smartisan R1" (291102 ball) va "Nubia Z18" (290332 ball) egallagan.

Eslatib o‘tamiz, "AnTuTu" har oy "Android" operasion tizimidagi eng kuchli smartfonlar o‘ntaligini alohida, "iOS"dagi eng sermahsul smartfonlar reytingini alohida, shuningdek, amaldagi eng kuchli smartfonlar umumiy reytingini alohida e’lon qilib boradi.

Manba: tuon24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!