Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahrida 2022 yilgi rejalar haqida gapirdi

Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahrida 2022 yilgi rejalar haqida gapirdi

2021 yilning 24 dekabr kuni Toshkent shahar hokimligida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining ellik uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya kun tartibiga 10 ta masala muhokamasi kiritilgan.

Sessiyadagi birinchi masala "Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxo‘jayevning 2021 yil yakunlari va 2022 yilda Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish rejalari haqidagi murojaati" muhokamasi bo‘ldi.

J.Ortiqxo‘jayev 2021 yil yakuniga ko‘ra, Toshkent shahrida asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha yuqori o‘sish sur’atlari ta’minlanishi kutilayotganligini qayd etdi. Xususan, yalpi hududiy mahsulot hajmi 107,3 trln. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 110 foizga o‘sdi, aholi jon boshiga hisoblaganda 38,6 mln so‘mga to‘g‘ri keldi. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 82,2 trln. so‘mga yetib, 111,6 foizga o‘sdi. Xizmatlar esa 104,4 trln. so‘mni tashkil qildi va o‘sish 121,3 foizga yetdi.

25,9 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi va o‘sish 115,8 foizni ko‘rsatmoqda.

Bugungi kunda Toshkentda jami 16,1 ming ta sanoat korxonlari bo‘lib, ularda 223 mingdan ortiq aholi ish bilan band. Shuningdek, joriy yilda jami 1,9 mlrd. dollar shundan, 1,6 mlrd. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar va kreditlar o‘zlashtirildi. Hududiy investisiya dasturi doirasida 977 ta loyiha ishga tushirilib, 30,1 ming ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Eksport masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, 1 ming 200 ta hududiy korxonalar jami 1,2 mlrd. dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilib, reja 141 foizga bajarildi.

Bugungi kunda poytaxtimizda jami 120,9 ming ta tadbirkorlik sub’ektlari mavjud. Ulardan 93,9 mingi kichik biznes sub’ektlari va 26,9 ming nafari yakka tartibdagi tadbirkorlar. Joriy yil yakuniga qadar kichik biznes sub’ektlari soni 94,6 mingdan ortishi kutilmoqda.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida banklar tomonidan 215,6 mlrd. so‘m kredit ajratilib, 5 mingta yangi loyihalar amalga oshirildi va 7,4 ming ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Shundan, “Hunarmandchilik”, “Yoshlar kelajagimiz”, “Har bir oila-tadbirkor” dasturlari doirasida 3,6 mingta yangi loyihalar uchun 173,4 mlrd so‘m kreditlar ajratildi, 5,9 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Poytaxt hokimi 2022 yilga belgilangan rejalarga to‘xtalar ekan, yalpi hududiy mahsulot hajmi 120 trln. so‘mga yetishi kutilayotganligini ma’lum qildi. Shuningdek, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 89,8 trln. so‘mga, pudrat–qurilish ishlari 29,2 trln. so‘mga, xizmatlar hajmi – 125,4 trln. so‘mga yetishi mo‘ljallanganligini qayd etdi.

Shu bilan birga Prezidentimiz va hukumat tomonidan qabul qilingan hujjatlar ijrosi, topshiriqlarning bajarilishi hamda boshqa yo‘nalishda qilingan ishlar va rejadagi muhim vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

Shu bilan birga sessiyada 2022 yil uchun "Toshkent shahar Mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida"gi, "Aholini, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar to‘g‘risida"gi masalalar ko‘rib chiqildi. Toshkent shahrida 2021-2022 yilda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Mas’ullar Toshkent shahrida “Temir daftar” asosida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisobotlarini eshitildi. Toshkent shahri aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi, suv resurslarini boshqarish, suv xo‘jaligi ob’ektlarining texnik holatini yaxshilash, shuningdek, suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot bilan tanishildi.

Deputatlar Toshkent shahrida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari hamda

Toshkent shahrining uy-joy kommunal infratuzilmasini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqidagi hisobotlar ham muhokama etilib, ko‘rib chiqilgan barcha masalalar bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalarni jamlagan qarorlar qabul qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!