Jahon turizm reytingida Qirg‘iziston 110-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston-chi?

Jahon turizm reytingida Qirg‘iziston 110-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston-chi?

Jahon iqtisodiy forumi tahlilchilari tomonidan tayyorlangan «Sayyohlik va sayohatlarga raqobatbardoshlik reytingi – 2019»da Qirg‘iziston 140 mamlakat orasida 110-o‘rinni egalladi.

Sobiq Ittifoq mamlakatlari orasida bu sohada eng yaxshi vaziyat Rossiyada yuzaga kelmoqda. Bu safar u 39-o‘rinda. Undan keyin reytingning 46-va 53-pog‘onalarini Estoniya hamda Latviya egallagan.

Undan keyingi o‘rinlarni Litva - 59-o‘rin, Gruziya - 68-o‘rin, Ozarbayjon - 71-o‘rin, Ukraina - 78-o‘rin, Armaniston - 79-o‘rin va Qozog‘iston - 80-o‘rinda.

Belorusiya, Moldova, O‘zbekiston va Turkmaniston reytingga kiritilmagan.

Reytingning TOP-beshligiga Ispaniya, Fransiya, Germaniya, Yaponiya va AQSh kirdi. Yaman, Chad, Liberiya, Burundi va Kongo Demokratik Respublikasi sayyohlik sohasida eng raqobatbardosh, deb tan olindi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!