Ixtiyor Abdullayev ishi: DXX raisining sobiq o‘rinbosari 16 yilga, sobiq maslahatchi 17 yilga qamaldi

Ixtiyor Abdullayev ishi: DXX raisining sobiq o‘rinbosari 16 yilga, sobiq maslahatchi 17 yilga qamaldi

xavBugun, 27 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev va u tomonidan tashkil etilgan jinoiy uyushma a’zolariga nisbatan ayblov hukmi e’lon qilindi.

Ikki oydan ortiq davom etgan yopiq sud majlisida sudlanuvchilarning, uch yuzdan ortiq jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatuvlari tinglanib tahlil qilingan, dastlabki tergov organi tomonidan to‘plangan dalillarga baho berilib, sudlanuvchilarning vajlari tekshirilgan. Natijada, Ixtiyor Abdullayev tashkil etgan jinoiy uyushma a’zolariga ham turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.

Oliy sud matbuot xizmatining xabar berishicha, harbiy sud hukmi bilan DXX raisining sobiq o‘rinbosari Jahongir Egamov 16 yilga, DXX raisining sobiq maslahatchisi Alisher Eshonxo‘jayev 17 yil, Toshkent shahri prokurorining sobiq o‘rinbosari Yorqin Abdullayev 14 yil, Adliya vazirligi Kadrlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari Yusufboy Xo‘jayev 8 yil, Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari G‘ayrat Hidoyatov 5 yil, Oliy sud raisining sobiq o‘rinbosari Bahodir Dehqonov 5 yil, Namangan viloyatining sobiq prokurori Ulug‘bek Toshev 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, har biri muayyan muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilindi.

Qolgan 15 nafar sudlanuvchiga ham sodir etilgan jinoyatlarning og‘irlilik va ijtimoiy xavflilik darajasi hamda ularning jinoyatlardagi ishtirokidan kelib chiqib, jazolar tayinlandi.

Bundan tashqari, sud tomonidan jinoyatlar oqibatida davlat, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlariga yetkazilgan moddiy zararlarni qoplashga qaratilgan tegishli choralar belgilandi.

Jahongir Egamov 2017 yilga qadar Bosh prokuratura tizimidagi departamentning Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan, 2018 yil fevralida DXX raisi Ixtiyor Abdullayevga o‘rinbosar bo‘lgan, 2018 yil dekabrida ishdan olingan.

2017 yilning mayidan Oliy sud raisi o‘rinbosari - Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimida ishlagan Bahodir Akbaraliyevich Dehqonov esa 2019 yilning fevralida hibsga olingandi.

Qayd etilishicha, ushbu jinoiy ish bilan bog‘liq tergovni amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xavfsizligi Davlat xizmati raisining o‘rinbosari Otabek Umarovga yuklatilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!