Istanbuldagi tarixiy masjidda yong‘in chiqdi

Istanbuldagi tarixiy masjidda yong‘in chiqdi

Turkiyaning Istanbul shahrida, shundoqqina dengiz bo‘yicha joylashgan yog‘ochdan ishlangan “Vaniko‘y” masjidida yong‘in sodir bo‘ldi. Istanbul voliyligi yong‘in sababini aniqlash uchun surishtiruv boshlanganini ma’lum qildi. 

Yong‘in yakshanba kuni tush paytida boshlangan. Masjid imomi Mustafo Jo‘shqin yonayotgan masjid ichida bolalar bor deb o‘ylab, hushidan ketgan. U "Tez yordam"da kasalxonaga olib ketilgan. 

Yong‘indan hech kimga zarar yetmagan, biroq 1665 yilda qurilgan masjid va uning yonidagi imom yotoqxonasi foydalanib bo‘lmaydigan ahvolga tushdi. 

Istanbul voliyligining bildirishicha, “Vaniko‘y” masjidida tez orada restavrasiya ishlari boshlanadi. 

Istanbuldagi tarixiy masjidda yong‘in chiqdi

Istanbuldagi tarixiy masjidda yong‘in chiqdi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!