Isroil 9 oylik urushda nimalarni yo‘qotdi?

A A A
Isroil 9 oylik urushda nimalarni yo‘qotdi?

- Oktyabrdan dekabrgacha deyarli yarim million isroillik yahudiy davlatini tark etdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yil 7 oktyabrda boshlangan G‘azo mojarosidan buyon kamida 683 nafar isroillik askar halok bo‘lgan va 4100 dan ortigi yaralangan.

- Isroil yalpi ichki mahsuloti 2023 yilning oktyabr oyidan dekabrigacha deyarli 20 foizga qisqardi.

- Taxminan 46 000 Isroil korxonasi yopildi. 2024 yil oxirigacha Isroilning yana 60 ming korxonasi yopilishi mumkin.

- 2023 yilning oxirgi choragida Isroildan tovar va xizmatlar eksporti 18 foizga qisqardi. Yil davomida eksport 2,2 foizga kamaydi. Joriy yilning birinchi choragida eksport hajmi o‘tgan chorakka nisbatan 5,5 foizga, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan esa 26 foizga kamaydi.

- 2024 yilda Isroil budjeti taqchilligi YAIMning 6,6 foizini, qarz esa YAIMning 67 foizini tashkil qilishi kutilmoqda.

- Isroilda turizm ham amalda to‘xtadi. Kelgan sayyohlar soni 76 foizga kamaydi.

- Isroilning urushdan oldingi eng gavjum porti bo‘lgan Eylat porti Yaman hutiylarining Qizil dengizdagi hujumlari natijasida tijorat faoliyati yo‘qligi sababli bankrot deb e’lon qilindi.

- Iqtisodchilar Isroilda chuqur iqtisodiy inqiroz yoki hatto qulashi haqida ogohlantirmoqda va ba’zi xalqaro kredit reyting kompaniyalari allaqachon mamlakat reytingini va iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!