Ispaniyada eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchilardan biri hibsga olindi

Ispaniyada eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchilardan biri hibsga olindi

Ispaniya polisiyasi eng ko‘p qidirilayotgan yevropalik jinoyatchilardan birini hibsga oldi.

Agentlik saytida aytilishicha, u 20 yildan beri huquq-tartibot idoralaridan yashirinib kelishga muvaffaq bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatchi 1999 yildan, ya’ni 18 yoshida 70 yoshli ayolning uyini talon-toroj qilishga urinib, natijada uning umriga zomin bo‘lgan paytdan beri qidirib kelingan.

Ta’kidlanishicha, polisiya fuqarolar bilan hamkorlik qilish natijasida nafaqat Lyuksemburgda, balki Yevropada eng ko‘p qidirilayotganlar ro‘yxatiga kiritilgan qochoq deb topilgan jinoyatchining so‘nggi sakkiz yil davomida Ispaniyaning Uelva provinsiyasida joylashgan Punta-Umbriya shahrida yashirinib yurganini aniqlashga muyassar bo‘lgan.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!