Ispaniyada bodom yetishtirish 50 foizga kamayadi

Ispaniyada bodom yetishtirish 50 foizga kamayadi

Ispaniya 2022/2023 yillar uchun mahsulot yetishtirish hisob-kitoblarini keskin qayta ko‘rib chiqdi.

EastFruit mutaxassislarining xabar berishicha, hosildorlik pasayishiga asosiy sabab — bahorgi sovuq va nam havo. Mazkur holat Ispaniya bodomzorlariga jiddiy zarar yetkazdi.

Respublikada jami ekin maydonlari 626 161 gektarni tashkil qiladi, shundan 514 484 gektari hosildordir. Qolgan 100 000 gektar maydon yaqin bir necha yil ichida meva bera boshlaydi. Organik bodom yetishtirish 123 953 gektar maydonni egallagan, shundan 104 200 gektari meva beradi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining bosh reestri (REGEPA) taqdim etgan ushbu raqamlarga asoslanib aytadigan bo‘lsak, bodom mag‘zini yetishtirish 144 ming tonnaga yetishi mumkin.

Biroq, mart va aprel oylarida yomg‘ir, do‘l, tornado, sovuq va changlanishning kechikishi ushbu potensialni pasaytirdi va Ispaniyaning AEOFRUSE ishlab chiqaruvchilar tashkiloti Descalmendra Bodom yetishtiruvchilar milliy assosiasiyasi bilan hamkorlikda hozirgi kunda bodom mag‘zi yetishtirishni 75 051 tonnaga baholamoqda.

Shunday qilib, an’anaviy mahsulot yetishtirish 63 946 tonnani, organik mahsulot yetishtirish esa 11,105 tonnani tashkil qilishi kerak.

Bu narxlarning keskin oshishiga sabab bo‘ldi. Valensiya bodomi narxi oshgan bo‘lsa-da, Largetadan bodom deyarli yo‘q, deya xabar bermoqda EastFruit internet nashri.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!