Iroq Bosh vaziri AQSh boshchiligidagi koalisiya missiyasi yaqinda yakunlanishini e’lon qildi

Iroq Bosh vaziri AQSh boshchiligidagi koalisiya missiyasi yaqinda yakunlanishini e’lon qildi

AQSh boshchiligidagi xalqaro koalisiyaning Iroqdagi missiyasining tugash sanasi tez orada e’lon qilinadi. Bu haqda Iroq bosh vaziri Muhammad Shia al-Sudaniy ma’lum qildi.

«Iroq 2024 Iroq 2014 bilan bir xil emas. Biz Iroq xalqining fidoyiliklari va pozisiyasi tufayli Daishni mag‘lub etdik. Biz 86 davlatdan iborat koalisiyaning hozir bo‘lishiga ehtiyoj yo‘q degan xulosaga keldik», — dedi hukumat rahbari Bloomberg agentligiga bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, koalisiya qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqish tartibi bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.

Shu bilan birga, siyosatchining ta’kidlashicha, missiyaning yakunlanishi «Iroq va koalisiya davlatlari, jumladan, Qo‘shma Shtatlar o‘rtasida bo‘shliq» degani emas. Al-Sudaniy Bag‘dod Vashington bilan «barqaror xavfsizlik aloqalarini» o‘rnatish uchun ikki tomonlama muzokaralar olib borayotganini qo‘shimcha qildi.

«Biz urush davridan barqarorlik davriga o‘tdik. Daish (Iroq) davlati uchun xavf tug‘dirmaydi», — dedi bosh vazir.

AQSh Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Iroqda Inherent Resolve missiyasi doirasida 2500 ga yaqin amerikalik askar bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!