Iqtisodiy sud arbitraj sudida ko‘rilayotgan da’voni ta’minlash choralarini ko‘rishi mumkin

Iqtisodiy sud arbitraj sudida ko‘rilayotgan da’voni ta’minlash choralarini ko‘rishi mumkin

“Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganligi munosabati bilan Iqtisodiy prosessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Kodeksga arbitr tushunchasi kiritilib, arbitraj muhokamasi bilan bog‘liq ishlar, jumladan, arbitrni tayinlash, arbitrajning hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishlar muhokamasi ko‘rilishi belgilandi.

Shuningdek, arbitrlar, arbitraj tarkibi tomonidan tayinlangan ekspertlar, arbitraj muassasasining xodimlari, hakamlik sudyalari – arbitraj yoki hakamlik muhokamasi davomida o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan holatlar to‘g‘risida guvoh sifatida chaqirilishi va so‘roq qilinishi mumkin emasligi belgilandi.

Endilikda arbitraj sudida ko‘rilayotgan da’voni ta’minlash choralari arbitraj muhokamasi tarafining arizasiga ko‘ra iqtisodiy sud tomonidan ko‘rilishi mumkin.

Qonun bilan arbitraj muhokamasi bilan bog‘liq ishlarni yuritish tartibi belgilandi.

Shuningdek, qonun bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga ko‘ra, arbitrajning hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi arizalardan BHMning 2 baravari (540 000 so‘m) miqdorida davlat boji undiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!