Iqtisodiy boykot Fransiyaga qancha tushishi mumkin?

Iqtisodiy boykot Fransiyaga qancha tushishi mumkin?

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning islom haqidagi tuturuqsiz bayonotlari va Muhammad alayhissalom tahqirlab chizilgan karikaturalarning davlat darajasiga olib chiqilishi ortidan musulmon mamlakatlarda Fransiyada ishlab chiqarilgan mahsulotlarga boykot chaqiriqlari yangramoqda. 

Musulmon mamlakatlar Fransiyaning tashqi savdo hajmida kattagina ulushga ega. “Anadolu” agentligi xabarida aytilishicha, 2019 yilda Fransiyaning musulmon mamlakatlar bilan savdo aylanmasi 100 milliard dollardan oshgan: eksport 45,8 milliard, import esa 58 milliard dollarni tashkil etgan. 

Musulmon mamlakatlar Fransiyadan asosan mashinasozlik mahsulotlari, gaz trubalari, aviasiya mahsulotlari, avtomobillar uchun ehtiyot qismlar, elektron jihozlar va dori-darmon xarid qilgan. Fransiya o‘tgan yili musulmon mamlakatlardan asosan xom neft, tabiiy gaz, mineral moy, kabellar, kiyim-kechak, meva-sabzavot olgan. 

Fransiya Iqtisodiyot vaziri Bruno Le Mer boykot chaqiriqlarini qoralab chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat boykotdan zarar ko‘radigan kompaniyalarga yordam beradi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!