Internetni portlatgan surat — mo‘ylovli yo‘l nazoratchisi, aslida, kim? (FOTO)

Internetni portlatgan surat — mo‘ylovli yo‘l nazoratchisi, aslida, kim? (FOTO)

Bir necha kun oldin internet sahifalaridana birida Toshkentlik yo‘l-harakati boshqaruvchisi serjant Sodiq Qosimovning fotosuratlari paydo bo‘lgan edi.

Fotosurat bir zumda ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lib ketdi. Unda aks etgan mo‘ylovli yo‘l boshqaruvchining yorqin timsoli ko‘pchillikni befarq qoldirmadi. Keyinchalik Tashkent Retrospektive sahifasida ushbu mashhur boshqaruvchi haqida “Ogonyok” gazetasida chop etilgan maqola ham bosib chiqarildi.

“Chorrahadagi odam” sarlavhali maqola 1966 yilda milisiya kuni arafasida bosib chiqarilgan. Eslatib o‘tamiz o‘sha yil Toshkentda mudhish yer qimirlashi sodir bo‘lgan edi...

“Toshkent chang, benzin, tuproq, sement va asfaltga botib ketgan... Ko‘chalar yuk avtomobillariga to‘la. Kraz, Maz, Zil va chaqqon Gaziklarda – Moskva, Kiyev, Tbilisi, Kishinev va Leningrad davlat raqamlari...

26apreldan buyon shahardagi mashinalar soni bir necha mingga oshdi. Yo‘llarda esa ertadan kechgacha – mashinalar liq to‘la. O‘zbekiston poytaxtiga esa yana va yana qurilish texnikasi va mashinalar kelmoqda. Tezkor yuklar, sement, graviy, beton panellari va yog‘och materiallar to‘ztovsiz oqim bilan shahar chetidagi ulkan qurilish maydonlariga yetkazib berilmoqda.

Biz reportaj qahramonini eng gavjum chorrahadan topdik. Jazirama issiq va chang to‘polonga qaramasdan Sodiq-aka virtuoz dirijer kabi avtomobillar oqimini boshqarib turar edi. Avtomobillarni boshqarishda nafaqat uning qo‘li va tayoqchasi, balkim yuzi va ko‘zlari hatto ulkan mo‘ylovlari ham ishtirok etardi”, - deb yozilgan Ogonyok jurnalida chiqqan maqola muallifi YU. Sbitnev.   

Toshkent shahar IIBB chop etgan maqolada aytilishiga qaraganda Sodiq aka Toshkentning “Yosh gvardiya” kinoteatri oldidagi va boshqa bir necha chorrahalarida xizmat qilgan. Uzoq yillar (36 yil) davomida uning ishida biror marotaba kamchilik topilmagan. Aksincha starshina 83 marotaba maqtov yorliqlari olgan. Shuningdek Sodiq Qosimov “Qizil bayroq” va “Qizil yulduz” ordenlari sohibi bo‘lgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!