Ilk bor! Musulmon yigit musulmon yigitga turmushga chiqdi. Xo‘sh?

Ilk bor! Musulmon yigit musulmon yigitga turmushga chiqdi. Xo‘sh?

Xorijiy saytlarda virusdek tarqalib ketgan bir xabar e’tiborimizni tortdi Buyuk Britaniya tarixida ilk marotaba musulmon yigit musulmon yigitga turmushga chiqibdi. Saytimizda ham bu xabar berildi, ammo berish uslubi biroz noto‘g‘ri tanlangani uchun keskin tanqidlar bildirildi va xabarni saytdan o‘chirdik.

Biroq bu xabar boshqa saytlarda bor va bizning saytdan ham o‘qigan o‘quvchi turli xil fikrlarga bormasligi uchun shu mavzuga boshqacha yondashishga qaror qildik.

24 yoshli Jaed Choudxuri Bangladeshda oddiy musulmon oilasida tug‘ilgan. Bolalikdan uning xarakteri qizlarga xos bo‘lgani uchun ham unda hech qanday o‘g‘il bolalik xususiyatlari yo‘q edi. Futbolni yoqtirmasdi, ammo moda bilan bog‘liq tomoshalarni o‘tkazib yubormasdi. Jaedni maktabda masxara qilishar, uyda esa otasi kun bermasdi. Otasi o‘g‘lidagi qizlarga xos bo‘lgan xarakterni ko‘rib, hattoki uning maktabini o‘zgartirdi. Lekin hech bir urinishning foydasi yo‘q edi.

Vaqt o‘tib u Buyuk Britaniyada yashashga ketadi. Ammo u yerda ham hech qanday o‘zgarish bo‘lavermagach, Jaed o‘z joniga qasd qilishga harakat qiladi. Bir kuni u bog‘da yig‘lab o‘tiganida uning yoniga bir yosh yigit kelib, ahvolini so‘raydi. Bu uning 19 yoshli bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Shon Rogan edi. Jaed va Shon haqiqiy milliy libosda to‘ylarini o‘tkazishdi. Meni boshqalarning fikri qiziqtirmaydi. Eng muhimi, bu kasallikning davosi bor ekanligiga oilam ishonadi. Hayotimda hamma narsa o‘z o‘rnida , - deya fikr bildirgan Jaed o‘z to‘yida . Bu zamin.uz saytida berilgan xabarning to‘liq shakli. Bir qarashda xarakteri qizlarga xos bo‘lgan yigitga bir jinsli nikoh mumkin, degandek tasavvur uyg‘onadi. Ammo

Alloh yanada bilguvchiroq. Shuni unutmaslik kerakki, bir jinsli nikohdek jirkanch ish hech bir sabab bilan oqlanmaydi. Bu holatning musulmonlar o‘rtasida sodir bo‘lgani esa yanada achinarli. Yuqoridagi ikki qahramon ning musulmonlikni qanday tushunishi va talqin qilishi bizga qorong‘i, ammo nima bo‘lganda ham yigit kishining yigit kishiga turmushga chiqishi, uylanishi razolat, jirkanchlikdan boshqa narsa emas. Bu g‘arbning ommaviy madaniyat i tarqatgan bir qabihlik, xolos. Shuning uchun ham yuqoridagi kabi jirkanch holatlarni ko‘rganda yoki o‘qiganda, eshitganda, xabar qanchalik ijobiy tusda yozilmasin, tanqidiy va salbiy tarzda qaraylik, yondashaylik, qoralaylik. Eng muhimi, kelajak avlodning ongida bu kabi jirkanch illatlarga nisbatan xayrixohlik tug‘ilishiga yo‘l qo‘ymaylik.

Nizomjon ISLOMOV


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!