“Ikkita bola yetadi”: hukumat tug‘ilishni kamaytirmoqchi

“Ikkita bola yetadi”: hukumat tug‘ilishni kamaytirmoqchi

Aholisi 104 millionga yetgan Misrda hukumat Ikkita yetadi deb nomlangan kampaniya orqali tug‘ilishni kamaytirishga erishmoqchi. Bu haqda Yevronyus xabar bermoqda.

Kampaniya doirasida ayollar ko‘pi bilan ikkita bola tug‘ishga targ‘ib qilinadi.

Suv tanqisligi, ishsizlik, kasalxonalar va maktablarning yetishmasligi singari muammolarga duch kelgan Misrda aholi yiliga o‘rtacha 2,6 millionga ko‘paymoqda.

Misrga xavf solayotgan ikkita eng katta muammo bu terrorizm va aholining ko‘payishi , dedi mamlakat prezidenti Abdulfattoh Sisiy.

Avval AQSh yordamida oilani rejalashtirish dasturi amalga oshirilgan edi, buning natijasida 1976 yilda bir ayolga 5,6 bola to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2008 yilda bu ko‘rsatkich 3 nafarga tushdi. Hukumat bu nisbatni yanada kamaytirish niyatida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!