«Ikki kunda bir nonga chiqyapmiz». Zulfiqor Musoqov karantinni qanday o‘tkazayotgani haqida so‘zlab berdi

«Ikki kunda bir nonga chiqyapmiz». Zulfiqor Musoqov karantinni qanday o‘tkazayotgani haqida so‘zlab berdi

O‘zbekiston san’at arbobi, rejissyor Zulfiqor Musoqov «Daryo» muxbiri Mirolim Isajonov bilan suhbatda karantinni qanday o‘tkazayotganini so‘zlab berdi.

«Butun oilam, nabiralarim bilan karantinni vahimaga berilmasdan o‘tkazyapmiz. Ikki kunda bir do‘konga nonga chiqib kelyapmiz, xolos. Kun davomida kitob o‘qishga, televizor ko‘rishga va internetga kirishga ham ulguryapman. Ovqat tayyorlashni yaxshi ko‘rganim bois uydagilarga turli taomlar pishirib bermoqdaman. Yangi bir filmga qo‘l urgan edik. Afsuski, koronavirus tufayli ijodiy ishlarimiz vaqtincha to‘xtab turibdi.

Internet saytlari orqali karantindan qochib ketgan fuqarolar haqida o‘qib, ularning bu xatti-harakatini sira tushunmayapman. Qochgan taqdirda ham baribir qidirib, topishyapti-ku. O‘zidan tashqari qarindoshlari va muloqotda bo‘lgan insonlar ham jabrlanib, karantinga olinmoqda. Ko‘chada tibbiy niqobsiz yurganlarni ham ushlab, jarimaga tortishyapti. Mana shu kabi yurtdoshlarimiz egoizmga berilmasliklarini so‘rardim. Faqat o‘zini o‘ylashi oxir-oqibat boshini yeyapti.

To‘g‘ri, 99 foiz odamlar talablarga amal qilyapti, ko‘chalarda yurmay, uyida o‘tirishibdi. Lekin, afsuski, bilimi kam va madaniyatsiz insonlar ham yo‘q emas oramizda. Buni ochiq-oydin aytish lozim. Butun dunyo aholisining boshiga tushgan sinovdan biz ham o‘tishimiz kerak. Bu balo yurtimizdan tezroq chiqib ketsin, ilohim!», — deydi rejissyor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!