Ijtimoiy tarmoqlarda shaxsni obro‘sizlantirganlik uchun qanday javobgarlik bor?

A A A
Ijtimoiy tarmoqlarda shaxsni obro‘sizlantirganlik uchun qanday javobgarlik bor?

— Oxirgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda shaxsni obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatish holatlari uchrab turibdi.  Ushbu holat bo‘yicha qonunchilik normalari nima deydi? 

Bu haqda Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva AOKAda bo‘lib  o‘tgan brifingda ma’lumot berdi:

 Qonunchilikda axborotni Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatishning tartiblari belgilab qo‘yilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunning 121-moddasida belgilanishicha, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytiga yoki veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborotni joylashtirishdan avval uning to‘g‘riligini tekshirishi, shuningdek joylashtirilgan axborotning noto‘g‘riligi aniqlangan taqdirda uni darhol o‘chirib tashlashi shart.

Shuningdek, qonunchilikka ko‘ra, shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikasiya tarmoqlarida yoki Internet tarmog‘ida tarqatish BHMning 50 baravari (12 mln 250 ming so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Agarda yolg‘on axborot tarqatganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxs ushbu huquqbuzarlikka takroran yo‘l qo‘ysa, BHMning 400 baravarigacha (98 mln so‘m) miqdorda jarimaga tortilishi yoki 3 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi bilan jazolanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!