Hindistonda traktor hovuzga quladi, 26 kishi halok bo‘ldi

Hindistonda traktor hovuzga quladi, 26 kishi halok bo‘ldi

Yo‘lovchilarni olib ketayotgan tirkamali traktorning ag‘darilib, hovuzga qulashi oqibatida kamida 26 kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq kishi jarohatlandi.

NDTV telekanalining yakshanba kungi ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning aksariyati ayollar va bolalardir, deb xabar beradi TASS.

Hodisa shanba kuni kechqurun Uttar-Pradesh shtatining Kanpur tumanida sodir bo‘lgan. Tirkamasida 50 ga yaqin odam bo‘lgan traktor haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan va traktor suvga dumalab ketgan. Qurbonlarning barchasi mahalliy ibodatxonalardan birida diniy marosimdan so‘ng uylariga qaytayotgan ziyoratchilardir.

Jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilgan, qutqaruv ishlariga polisiya va mahalliy aholi jalb qilingan.

Uttar-Pradesh bosh vaziri Yogi Adityanath o‘lganlar va jarohatlanganlarning oilalariga hamdardlik bildirib, traktor tirkamalaridan odamlarni tashishda foydalanmaslikka chaqirgan bayonot berdi. U tirkamalar faqat yuk tashish uchun ishlatilishi kerakligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!