Hindistonda sigir so‘yilsa, yer qimirlaydimi?..

A A A
Hindistonda sigir so‘yilsa, yer qimirlaydimi?..

Hindistonda sigirlar mavzusida umummilliy test o‘tkaziladi, deya xabar bermoqda “Evronyus”. Testda har xil zotli sigirlar haqida savollar so‘raladi. 

25 fevralda o‘tkaziladigan test hukumatning tashabbusi bo‘lib, qo‘lga kiritiladigan ma’lumotlardan sigirlarni asrashda foydalanish maqsad qilingan. Testda kattalaru bolalardan tashqari Hindistonda yashaydigan chet elliklar ham qatnashishi mumkin. Yuz savoldan iborat test 12 tilda bo‘ladi. 

Hukumat test orqali odamlarning sigirlarni asrash va ularga zarar yetishining oldini olish borasidagi xabardorligini oshirmoqchi. Testda eng yaxshi natija ko‘rsatganlarga sertifikatdan tashqari mukofot ham beriladi.   

Test orqali qo‘lga kiritiladigan ma’lumotlar yordamida sigir so‘yilishining yer qimirlashiga qanchalik aloqadorligi ham o‘rganiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!