Hindistonda ilk maymun chechagi holati tasdiqlandi
Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda maymun chechagi bilan kasallangan birinchi inson qayd etilgani haqida ma’lum qildi.
– Laboratoriya tekshiruvi bemorda G‘arbiy Afrika maymun chechagi virusi borligini tasdiqladi, – deyilgan xabarda.
Aniqlik kiritilishicha, kasallangan odam yaqinda chechak tarqalgan mamlakatga borib kelgan. Ixtisoslashtirilganizolyatorga yotqizilgan erkak bemorning ahvoli klinik jihatdan barqaror, tanasida tizimli kasalliklar yoki birga namoyon bo‘ladigan patologiya mavjud emas.
2024 yil boshidan 9 avgustgacha Afrikada maymun chechagi kasalligi bilan bog‘liq 17,5 mingdan ko‘p holat qayd etilgan, bemorlarning 517 nafari vafot etgan.
Mazkur xastalik Yevropada hozircha faqat Shvesiyada tasdiqlandi, Osiyoda esa Pokiston, Filippin va Tailandda ro‘yxatga olindi.