Hindistonda “Bobur” masjidining o‘rnida Ram ibodatxonasi qurilyapti

Hindistonda “Bobur” masjidining o‘rnida Ram ibodatxonasi qurilyapti

Pokiston Tashqi ishlar vazirligi Hindistonda buzib tashlangan “Bobur masjidining o‘rnida hind ibodatxonasining qurilishini qoraladi. “Anadolu” agentligi xabariga ko‘ra, qurilish ishlari seshanba kuni boshlangan.  

“Bobur” masjidi 1527 yilda Zahiriddin Muhammad Boburning farmoniga binoan barpo etilgan va Uttar-Pradesh shtatidagi eng yirik masjidlardan biri bo‘lgan. 1992 yilning 6 dekabrida masjid minglab mutaassib hindlar tomonidan buzib tashlangan.

Vaholanki, Hindiston Oliy sudi mazkur tarixiy bobida muhofaza etilishi kerakligi haqida qaror chiqargandi. Masjidning buzilishi musulmonlar va hindlar o‘rtasida to‘qnashuvlarga va 2 mingdan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘ldi, qurbonlarning aksari musulmonlar edi.

Hindlarning iddaosiga ko‘ra, “Ramayana” dostoni qahramoni Ram tug‘ilgan saroy-ibodatxona aynan “Bobur” masjidi qurilgan joyda bo‘lgan. Ramni tarixiy shaxs deb o‘ylovchilarning fikricha, musulmonlar bu saroyni buzib, o‘rnida masjid qurgan.

Hindiston Oliy sudi anchadan beri musulmonlar va hindlar o‘rtasida talash bo‘lgan “Bobur” masjidining yeri bo‘yicha ishni ko‘rib chiqib, o‘tgan yilning noyabrida hindlarning foydasiga hukm chiqargan, musulmonlarga esa boshqa joydan yer ajratilishiga qaror qilgan edi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!