Hindiston Ilon Maskning Starlink kompaniyasidan internet uchun lisenziya olishni so‘radi

Hindiston Ilon Maskning Starlink kompaniyasidan internet uchun lisenziya olishni so‘radi

Hindiston hukumati Ilon Maskning SpaceX aerokosmik kompaniyasiga tegishli bo‘lgan Starlink Internet Sevices'ning sun’iy yo‘ldoshga asoslangan internet xizmatini taklif qilishdan oldin mamlakatning internetni tartibga solish qoidalariga rioya qilishi kerakligini ma’lum qildi.

Aloqa vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, Starlink kompaniyasining mamlakatda lisenziyasi yo‘qligi va jamoatchilikka reklama qilingan Starlinl xizmatlariga obuna bo‘lmaslik tavsiya etilganligi ta’kidlandi.

Maskning kompaniyasi hali bu borada hech qanday bayonot bermadi.

Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, Maskning SpaceX kompaniyasi xizmatning beta-versiyasiga 99 dollarga oldindan buyurtmalarni allaqachon qabul qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!