Harbiylar kasb bayramini yangi uylarda nishonlaydi ​

Harbiylar kasb bayramini yangi uylarda nishonlaydi ​
Termizda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun qurilgan ko‘p qavatli yangi uy foydalanishga topshirildi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, harbiy xizmatchilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimiz Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan islohotlar milliy armiyamizning jangovar salohiyatini yuksaltirish, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun zamonaviy sharoitlar yaratishda muhim omil bo‘layotgani alohida ta’kidlandi.
Davlatimiz rahbarining 2017 yil 30 martdagi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilari uchun uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida gi qarori Vatan himoyachilarining yashash sharoitini tubdan yaxshilash va ularning oila a’zolarini munosib qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
O‘tgan yili viloyat hududi va harbiy shaharchalarda mudofaa qo‘shinlari harbiy xizmatchilari uchun 122 xonadonga mo‘ljallangan zamonaviy uylar qurilib, foydalanishga topshirildi. Joriy yilda yana 360 dan ortiq xonadonga ega yangi uylar bunyod etiladi.
Vatan himoyachilari kuni oldidan foydalanishga topshirilgan 90 xonadonli yangi uyda harbiylar va ularning oila a’zolari uchun barcha sharoit yaratilgan. Bunday qulayliklardan harbiylarning oila a’zolari juda mamnun.
Vatan himoyachisining uyidan ko‘ngli to‘q bo‘lishi kerak, deydi yangi uylardan birining kalitini olgan Q.Xolmatova. Turmush o‘rtog‘im harbiy xizmatchi bo‘lgani uchun buni yaxshi his qilaman. Yangi uyda barcha sharoit mavjud, bundan ayniqsa, farzandlarimiz xursand. Bayramni yangi uyda nishonlaymiz.
Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi B.Po‘latov, Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari O.Ismoilov so‘zga chiqdi.
Manba: uza.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!