Har bir mintaqadagi 50dan ziyod turistik infratuzilma ob’ektida bepul Wi-Fi zonasi yaratiladi

Har bir mintaqadagi 50dan ziyod turistik infratuzilma ob’ektida bepul Wi-Fi zonasi yaratiladi

O‘zbekistonning har bir mintaqasidagi kamida 50 turistik infratuzilma ob’ektida bepul Wi-Fi zonalari yaratiladi. Ushbu loyiha davlat-xususiy sektor hamkorligi asosida amalga oshiriladi. Portalida muhokama va takliflar uchun taqdim etilgan “2025 yilgacha bo‘lgan davrda Turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi” loyihasida shu haqida ma’lum qilingan.

Shuningdek respublikaning har bir hududida, ayniqsa ularning markaziy qismida 5 va undan ortiq sayyohlik markazi tashkil etiladi.

Loyihaga ko‘ra, Buxoro, Samarqand, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahridagi Yoshlar ittifoqi balansidagi kollejlar yotoqxonalari bazasida xostellar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. Mazkur chora O‘zbekistonda yoshlar turizmini rivojlantirish, joylashuv vositalari bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga yordam beradi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonning madaniy meros ob’ektlari va muzeylariga kirish uchun yagona elektron tizim joriy qilinib, kirish chiptalari onlayn sotiladi. Shuningdek birinchi bosqichda sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuruvchi 100 madaniy meros ob’ektida turniket va videokuzatuv qurilmalari o‘rnatiladi.

Shunisi diqqatga sazovorki, hujjatga muvofiq, nogironligi bo‘lgan, imkoniyatlari cheklangan kishilarning madaniy meros va turistik infratuzilmalar bo‘ylab qulay harakatlanishi uchun “to‘siqlarsiz muhit” yaratiladi.

Konsepsiya loyihasiga ko‘ra, turizm sohasida amalga oshirilayotgan investision loyihalar, takliflar haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan investision loyihalar portali ishlab chiqilishi rejalashtirilmoqda. Portal rus va ingliz tillarida yuritilishi ko‘zda tutilgan.

2025 yilgacha bo‘lgan davrda turizmni rivojlantirish konsepsiyasiga kiritish uchun munosib taklif va fikrlarni regulation.gov.uz saytida qoldirish mumkin.

Manba: kun. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!