Hamyurtimiz Yevropa ochiq chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi

Hamyurtimiz Yevropa ochiq chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi

Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda Angliyaning Manchester shahrida para tayekvondo bo‘yicha Yevropa ochiq chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Erkaklar o‘rtasida -80 kg vazn toifasida Turkiya, Serbiya va Buyuk Britaniya vakillariga qarshi bahs olib borgan hamyurtimiz Asadbek Toshtemirov yakunda delegasiyamiz hisobiga kumush medalni qo‘shib qo‘ydi.

Qayd etish lozimki, vakilimiz ushbu natijadan so‘ng, Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari uchun 15 reyting ochkosiga ega bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, kecha ayollar o‘rtasida Guljanoy Naimova oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!