Hamma hayron: 6 millionta tibbiyot niqobi g‘oyib bo‘ldi

Hamma hayron: 6 millionta tibbiyot niqobi g‘oyib bo‘ldi

Keniyada Germaniya shifoxonalari uchun buyurtma qilingan olti million dona tibbiyot niqobi izsiz yo‘qoldi. Bu haqda Spiegel nashri xabar bermoqda.

Gazetaning yozishicha, 20 mart kuni Germaniyaga yetkazib berilishi kerak bo‘lgan FFP2 himoya niqoblari Keniya aeroportida yo‘qolib qolgan. Bundesver ta’minot bo‘limi hisobotida "mahsulot Keniya aeroportida yo‘qolib qolganligi uchun" Germaniyaga keltirilmagani qayd etilgan.

Avvalroq Germaniya hukumati inqiroz shtabi qo‘shinlar uchun vositalar sotib oluvchi bundesver ta’minot bo‘limi sog‘liqni saqlash vazirligi uchun himoya niqoblari sotib olishda logistik ko‘mak berishi lozimligi to‘g‘risida qaror qabul qilgandi. Ta’minot bo‘limi bir nechta tibbiyot ashyolari ishlab chiqaruvchilar bilan 241 million yevrolik shartnoma imzolagan.

Mudofaa vazirligi vakili niqoblarning yo‘qolib qolganini tasdiqladi, ammo bu qanday sodir bo‘lganiga izoh bera olmadi. 

Germaniyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 27 436ta holat qayd etilgan, 114 kishi vafot etgan, deb xabar beradi Robert Kox instituti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!