Haftaning birinchi yarmida salqin ob-havo bo‘ladi

Haftaning birinchi yarmida salqin ob-havo bo‘ladi

Gidrometeorologiya xizmati boshlangan hafta uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududi Qozog‘iston hududlaridan kirib kelgan salqin havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi.

Harorat kechalari 15-18° gacha pasayadi, kunduz kunlari 32-35° atrofida, janubda 36-38° gacha bo‘ladi.

Haftaning ikkinchi yarimda sharqiy botiqlik respublikamiz hududidan siljiydi, havo harorati asta-sekin kechalari 20-23° gacha, kunduz kunlari 36-39° gacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 40-41° gacha ko‘tarila boshlaydi.

Respublikaning katta qismida hafta davomida quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida 14 iyunda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

14-15 iyunda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida konvektiv bulutlilik rivojlanishida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Respublika bo‘yicha 14-15 iyunda va 19 iyunda shamol ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

14 iyunda kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelish havfi bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!