Habib Qirg‘iziston Prezidenti bilan uchrashdi va unga minnatdorchilik bildirdi

Habib Qirg‘iziston Prezidenti bilan uchrashdi va unga minnatdorchilik bildirdi

Engil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan shaxsan uchrashdi va turnirni tashkil etishda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi, deb xabar beradi «Knews.kg».

«Siz bilan tanishganimdan xursandman! Mamlakatingizda musobaqani o‘tkazishda ko‘magingiz va qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun katta rahmat», — dedi sportchi.

U Instagramda uchrashuvdan olingan rasmga imzo chekib qoldirgan.

Nurmagomedov va uning sportchilari kelasi yili turnir bilan Qirg‘izistonga qaytishini va’da berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!